O'zbekiston

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

 

Raqobat qo‘mitasi Instagram sahifalari va tashqi reklama obyektlarida joylashtirilgan 27 ta konsert reklamasida fonogramma yoki jonli ijro haqida ma’lumot berilmaganini aniqladi.

 

O‘rganish davomida Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Shukurov, «Ummon» guruhi, Rayhon Gʻaniyeva va G‘aybulla Tursunov konsertlarining Instagram reklamalarida, shuningdek, Toxi$, «Mashina vremeni» va Otаr Kushanashvili ishtirokidagi dasturlarning tashqi reklamalarida qonunbuzilish holatlari qayd etildi.

 

Qo‘mita reklama beruvchilarga reklamalarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ogohlantirishlar yuborgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 207-son qaroriga muvofiq, konsert reklamasida ijro shakli «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» kabi aniq iboralar bilan ko‘rsatilishi kerak.

 

«Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 44-moddasiga ko‘ra, fonogrammadan foydalanilganda, reklamada uning qo‘llanish darajasi ham aks ettirilishi lozim. Tashqi reklamalar uchun bu ma’lumot reklama maydonining kamida 10 foizini egallashi kerak. Shuningdek, tashkilotchilar tomosha boshlanishidan oldin bu haqda audioxabardor qilishlari shart.

 

«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasida ham konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi belgilangan.

 

Raqobat qo‘mitasi konsert tashkilotchilari va reklama beruvchilarni qonunchilik talablariga rioya qilishga chaqirdi. Talablar buzilishi davom etsa, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi mumkin.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Guruh a’zolari ikki fuqaro o‘rtasidagi qarz munosabatiga aralashib, 11 ming dollarni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

O‘zbekistonda pul belgilaridagi yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

O‘zbekistonda 10 oy davomida 5 368 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

U ziyoratiga borishni istagan uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, barcha zarur sharoitlarni yaratib berishni va’da qilgan.

Namangan iqtisodiyotini 9,5 foizga o‘stirish imkoniyati bor: investitsiyalar 7–8 mlrd dollarga yetishi mumkin

Namangan iqtisodiyotini 9,5 foizga o‘stirish imkoniyati bor: investitsiyalar 7–8 mlrd dollarga yetishi mumkin

Namangan viloyatida umumiy qiymati 5,4 mlrd dollarlik yangi investitsiya takliflari shakllantirildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga harorat inversiyasi sabab bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga harorat inversiyasi sabab bo‘ladi

19-noyabr kuni ertalab havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “o‘rtacha” darajagacha yaxshilanadi.