O'zbekiston

Vaksina olganlar ham o‘zlarini himoyalashlari shart!

Vaksina olgan shaxsning atrofdagilarga virus yuqtirish xavfi yuqoriligi haqiqatmi? Dunyo nisbatida emlanish jarayoni qanday ketmoqda? Vaksinasiya qilishning qanday talablari mavjud?

Vaksina olganlar ham o‘zlarini himoyalashlari shart!

-Jahon bo‘yicha ko‘plab davlatlarda aholining 80 foizdan ziyod qismi vaksina bilan emlangan.  
-O‘zbekiston bo‘yicha virus yuqtirganlar soni 72227 ta va undan tuzalganlar soni 69477 ta. Bu 96,19 foiz ijobiy holat mavjud ekanini ko‘rsatadi.  

- Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori tomonidan vaksinasiya jarayonida virusning odamdan-odamga o‘tish jarayoni tezlashadi, virus o‘zini himoyalab qolishga harakat qiladi deb ma’lumot berilgan. 

- Vaksina olganlar vaksina olmaganlarga virus yuqtirishi xavfi juda yuqori! Bu bo‘lmagan gap. Shunday holatlar kuzatilyaptiki, infeksiya yuqtirganlar yoki yuqtirganlar bilan kontaktda bo‘lganlar o‘zlari bilmagan holda, "..ishxonadan talab bo‘lyapti,.. vaksina olish zarur" vajlari bilan vaksina olishadi, lekin virus yuqtirganini yoki virusga chalinganlar bilan kontaktda bo‘lganini shifokordan yashirishadi. Shu holatda, eng avvalo, o‘sha odamning o‘zi kasallanadi  yoki organizmida simptomlarsiz holat mavjud bo‘lsa tarqatuvchiga aylanib qoladi.  Siz vaksina oldingiz degani, shu kundan boshlab virusdan himoyalandingiz, sizga yuqmaydi degani emas. Vaksinasiyadan so‘ng ikki hafta davomida hech qanday antitelalar bo‘lmaydi, uch bosqichni to‘la tugatgandan so‘ng, ya’ni to‘rt oy mobaynida sizda to‘liq himoya shakllanadi.  Shunday ekan, vaksina olganlar ham o‘zlarini himoyalashlari shart. 

- Fuqaroda vaksina tarkibida bo‘lgan biror bir vositaga, masalan tuxum oqiga allergiya bo‘lsa, u shifokorni ogohlantirishi zarur. Bemor o‘z kasalliklarini yashirishi vaksinaning unga noto‘g‘ri ta’sir qilishiga olib keladi va shunday holatlar vaksina to‘g‘risidagi asossiz ma’lumotlar ko‘payishiga olib keladi.  Bemor shifokorni ogohlantirgach, mutaxassis holatga va tekshiruv natijalariga qarab talabgorga tashxis qo‘yadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"