Sport

Sardor Rashidov rasman «Kuvayt SK» futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod hujumkor yarimhimoyachi faoliyatini Kuvaytda davom ettiradi.

Sardor Rashidov rasman «Kuvayt SK» futbolchisiga aylandi

 

 

Rashidovga Kuvaytning bayroqdor jamoasi «Kuvayt SK» taklif bilan chiqqan va muzokaralardan keyin Sardor Rashidov bugun, 17 iyul kuni arab klubi bilan kelishuvga erishgan. Sardor Rashidovning «Kuvayt SK» bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkanini maʼlum qildi.

30 yoshli futbolchining “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomasi mavjud bo‘lsa-da, tomonlarning o‘zaro bitimida futbolchiga xorij klubidan taklif tushsa, uni qo‘yib yuborish haqida band borligi sababli Sardor Rashidov O‘zbekiston chempioni safini erkin agent sifatida tark etadi.

Qayd etish joiz, «Kuvayt SK» OFK kubogi joriy mavsumida “C” guruhidan joy olib, guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqan. OFK kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan kuvaytliklar 1 iyul kuni Angliyaning «Stok Siti» klubidan Jon Obi Mikelni taklif etgan bo‘lishsa, yaqinda «Qatar SK»dan marokashlik futbolchi Mehdi Berrahma ham kuvaytliklar bilan kelishuvga erishgandi. Endi Rashidov «Qatar SK»dagi sobiq jamoadoshi va “Chelsi”ning nigeriyalik sobiq futbolchisi bilan bir klubda to‘p suradi. 

Maʼlumot uchun, Sardor Rashidov bungacha Qatarning «Al Jaish», «Qatar SK», BAAning “Al-Jazira” va Portugaliyaning “Nasional” klublarida faoliyat yuritgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.