Jahon

Tolibon qo‘shni davlatlar chegarasini kesib o‘tdimi?

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Tolibon harakati O‘zbekiston va Tojikiston chegaralarini kesib o‘tdi degan xabarlar tarqalib ketdi.

Tolibon qo‘shni davlatlar chegarasini kesib o‘tdimi?

 

RF prezidenti maxsus vakili bu xabarlarni inkor etdi. Tolibon qo‘shni davlatlar chegarasini buzib o‘tmadi va bunga harakat ham qilmaydi. Bu haqda RF Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov xalqaro “Valday” klubidagi muloqot chog‘ida maʼlum qildi.

Tolibon harakati vakillari Moskvada o‘tgan muzokaralarda o‘z pozitsiyalarini maʼlum qilishgan. Unga ko‘ra Tolibonni qo‘shni mamlakatlar qiziqtirmaydi, u Afg‘oniston hukumati xavfsizlik kuchlari bilangina kurash olib boradi.

Tolibon shu kungacha O‘zbekiston va Tojikiston chegaralarini kesib o‘tmadi va harakatning bayonotiga ko‘ra, bunga harakat ham qilmaydi. Kabulovning so‘zlarigaga ko‘ra, Tolibon o‘zaro ichki kurashlar bilan band hamda ular faqat hukumat kuchlari nazorat qilayotgan hududlarni egallab olishmoqda.

Tolibon hozirgacha Afg‘onitonning 70 % dan ortiq hududini egallab oldi va hukumat kuchlariga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Harakat Pokiston, Eron va Tojikiston chegaralaridagi muhim punktlarni nazorat qilmoqda. 

Avvalroq Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari sodiq Safoyev Tolibon Afg‘onistonda katta taʼsirga ega ekanligini va harakatni Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlariga qo‘shish zarurligini aytib o‘tgandi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ayrim amaldorlar ishdan olinishi mumkin

Sadir Japarov o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini erkin, adolatli va shaffof tashkil etish bo‘yicha farmon imzoladi.

custom img

AQSh Ukrainaga 400 mln dollar harbiy yordam ajratadi — Reuters

Yordam doirasidagi yetkazib berishlar 2029-yil oktabrigacha davom etishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"