Aziz Abduhakimov Yaponiya madaniyat masalalari vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Tokioda Yaponiyaning madaniyat masalalari bo‘yicha vakili Sunʼichi Tokura bilan uchrashdi.


Uchrashuv boshida Yaponiya tomoni O‘zbekistonga ikki tomonlama madaniy-gumanitar hamkorlik rivojiga berayotgan eʼtibori uchun minnatdorchilik bildirdi. 2022 yilda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan ikki davlat madaniyat, adabiyot va ijodiy jamoalarining o‘zaro tashriflarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Yaponiya vakillari sentyabrda Xivada bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalar chorrahasida” nomli madaniy forumiga va oktyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivaliga taklif qilindi.







