O'zbekiston

2022-yil 1-yanvaridan ayrim davlat xizmatlari uchun to'lov undirilmaydi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan xorijga chiqish pasporti, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma, advokatlik byuro, firma va hayʼatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorlari arzonlashtiriladi. Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish xizmati esa bepul bo‘ladi.

2022-yil 1-yanvaridan ayrim davlat xizmatlari uchun to'lov undirilmaydi

Qarorga muvofiq 1 yanvardan boshlab bir qator davlat xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlar kamaytiriladi va ayrimlari uchun to‘lov bekor qilinadi. Bu prezidentning 24 iyuldagi farmonida belgilab qo‘yildi.

Yangi yildan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport olish xizmati narxi BHMning 1 baravari — 245 ming so‘m (hozirda BHMning 1,2 baravari — 294 ming so‘m) etib belgilanmoqda.

Tadbirkorlik subyektlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma berish BHMning 20 foizi — 49 ming so‘mni (hozirda  BHMning 1 baravari — 245 ming so‘m) tashkil etadi.

Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun BHMning 1 baravari — 245 ming so‘m to‘lov (hozirda  BHMning 2 baravari — 490 ming so‘m) undiriladi.

Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish yangi tartib bilan bepul (hozirda BHMning 1 baravari — 245 ming so‘m) bo‘ladi.

Bundan tashqari, hujjat bilan 1 yanvardan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning xizmat ko‘rsatish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari hisobiga yo‘naltiriladigan qismining kamida 20 foizi ushbu tashkilotda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yo‘naltiriladi. Va buni Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda monitoring qilib boradi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"