O'zbekiston

Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya O‘zbekiston uchun kuchga kirdi

2021 yil 28 iyulda BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.

Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya O‘zbekiston uchun kuchga kirdi

 

 

Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrdagi 61/106-sonli Rezolyutsiya bilan qabul qilingan va 2008 yil 3 may kuni kuchga kirgan.

Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2009 yil 27 fevral kuni imzolangan va 2021 yil 7 iyunda O‘RQ-695-sonli qonun bilan ratifikatsiya qilingan edi.

Ushbu xalqaro shartnomada bugungi kunda 184 ta davlat ishtirok etadi.

Konvensiya 50 moddadan iborat bo‘lib, unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va asosiy erkinliklari, jumladan ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, taʼlim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, bo‘sh vaqtni o‘tkazish, dam olish va sport bilan shug‘ullanish, yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lish va ijtimoiy yordam huquqlari eʼtirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan.

Konvensiyada qoidalariga rioya etilishi va ishtirok etuvchi davlatlarning majburiyatlarining bajarilishini muvofiqlashtirish va buning monitoringini amalga oshirish maqsadida BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tashkil etilgan.

O‘zbekistonda 2017 yilda F-5006-sonli prezident farmoyishi bilan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo‘yicha komissiya tashkil etilgan, prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-sonli farmoni va 2020 yilda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli qonuni qabul qilingan.

Konvensiyada ishtirok etish milliy qonunchilikni va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga hamda ularni xalqaro norma va standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"