Jahon

Dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati o‘zgardi

“Forbes Real-Time” reytingining yangilangan maʼlumotlariga ko‘ra, “Amazon” asoschisi Jeff Bezos 24 soat ichida kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymatining pasayishi tufayli deyarli 14 milliard dollar yo‘qotib, dunyodagi eng boy odam maqomidan pastladi.

Dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati o‘zgardi

 

Bu haqda “gazeta.ru”  xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, boyligi 192,4 milliard dollarga baholangan Bezos 6,76 foiz mablag‘ini yaʼni 13,9 milliard dollarini yo‘qotgan. Endi reytingda birinchi o‘rinda “Louis Vuitton Moët Hennessy” (LVMH) egasi Bernard Arno bor, uning boyligi “Forbes” maʼlumotlariga ko‘ra 192,9 milliard dollarga teng.

Uchinchi o‘rinda “SpaceX” kosmik kompaniyasi asoschisi va “Tesla” bosh direktori Elon Mask turibdi. Uning boyligi 179,4 milliard dollarga yetdi. 30 iyul kuni “Amazon” aksiyalarining qiymati 7,56 foizga tushib, har bir aksiya qiymati 3,3 ming dollarni tashkil etdi.

Bu pasayish, kompaniya 2021 yilning ikkinchi choragi uchun hisobotlarini eʼlon qilganidan so‘ng yuz berdi, “Amazon”da daromadlar o‘sishi bo‘yicha tahlilchilar kutgandek natija bo‘lmadi. Shuningdek, 5 iyul kuni 57 yoshli Jeff Bezos “Amazon” bosh direktori lavozimini tark etgan.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"