O'zbekiston

Toshkentda “Tez yordam” xizmatiga bir kunda o‘rtacha 4700 ta chaqiruv kelib tushayotgani ma’lum qilindi

Joriy yilning qariyb 7 oyi davomida shahar “103” xizmatiga koronavirusga gumon qilingan, pnevmoniya va COVID-19 kasalligi tasdiqlangan hamda boshqa yuqumli xastaliklar bilan jami 22 mingdan ziyod chaqiruv kelib tushgan.

Toshkentda “Tez yordam” xizmatiga bir kunda o‘rtacha 4700 ta chaqiruv kelib tushayotgani ma’lum qilindi

Bu haqda SSV Matbuot xizmati Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor Bo‘ribayevning so‘zlariga tayanib ma’lum qildi.

Doniyor Bo‘ribayevga ko‘ra, iyul oyining 28-sanasiga qadar “Tez yordam” xizmatiga murojaat qilgan 12 ming 38 nafar katta yoshli va 895 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan ana shunday bemorlarga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

–  Ayni paytda shahar “103” xizmati CALL-markaziga bir kunda o‘rtacha 4700 nafar fuqaro murojaat qilmoqda. Jumladan, so‘nggi 10 kun ichida (19 iyuldan – 28 iyulgacha) 46 ming 569 ta chaqiriq kelib tushgan bo‘lsa, shundan pnevmoniya belgilari kuzatilgan, koronavirus tashxisi qo‘yilgan va boshqa yuqumli kasalliklar bilan 12 ming 933 nafar bemorga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatildi, – deydi RShTYoIM Toshkent shahar bo‘limi shifokori.

Qayd etilishicha, bunda fuqarolar, asosan, tana haroratining oshishi, bosh og‘rig‘i, nafas olishning qiyinlashishi, ko‘ngil aynishi, qon bosimining keskin ko‘tarilishi kabi simptomlar bilan murojaat qilmoqda.

SSV fuqarolarga haroratning ko‘tarilishi faqat koronavirus infeksiyasi yoki pnevmoniyaning simptomi emasligini eslatib, ulardan “Tez yordam”ga murojaat qilishda buni inobatga olishlarini so‘ramoqda.

“Odamning istimasi 37-37,5 yoki 38 darajaga chiqishi bilan darrov ahvoli og‘irlashib qolmaydi. Shu bois, xalqimiz buni to‘g‘ri tushunishi, agar shunday bo‘lgan taqdirda, eng avvalo, oilaviy shifokorga murojaat qilishi va uning tavsiyalariga rioya etishi zarur”, – deyiladi SSV ma’lumotida.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda shahar “103” xizmati CALL-markazi operatorlari soni qo‘shimcha 40 nafarga oshirilib, jami 80 nafarga yetkazilgan.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"