Andijonda 2 nafar soxta abituriyent qo‘lga tushdi
Andijonda 2 nafar soхta abituriyent qo‘lga tushdi.


Andijonda 13 nafar abituriyent taqiqlangan buyumlar olib kirishga uringanligi sababli test imtihonidan chetlashtirildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, 2 nafar sohta abituriyentlar boshqa birovning o‘rniga kirishga urinayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.

Avvalroq Samarqandda abituriyetlardan taqiqlangan buyumlar topilgani va o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan institut hisobchisi va talab qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi .







