Jahon

Kamchatkada Mi-8 sayyohlik vertolyoti qulab tushdi

Bugun tunda Kamchatkada Mi-8 sayyohlik vertolyoti qulab tushdi. Uning bortida 16 kishi: 3 nafar ekipaj aʼzosi va 13 sayyoh bo‘lgan.

Kamchatkada Mi-8 sayyohlik vertolyoti qulab tushdi

 

 

Vertolyot Kurill ko‘liga cho‘kib ketgan. FVV xabariga ko‘ra, u 100 metr chuqurlikka cho‘kkan.

 

Bortdagilarning 8 nafari omon qolgani, 8 kishi esa halok bo‘lgani aytilmoqda, lekin ularning jasadi hali topilmagan.  Qidirish ishlari davom etmoqda.

 

Qutqarilganlardan biri “Rossiya-24” telekanali jurnalisti va iqtisodchi Nikolay Korjenevsliy ekani aytilmoqda.

 

Sharofat Mahmudova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"