Jamiyat

O‘zbekiston bosh muftiysi hamon Moskvada davolanayotgani aytildi

Muftiy Usmonxon Alimovning davolanishi davom etmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati tegishli xabar bilan chiqdi.

O‘zbekiston bosh muftiysi hamon Moskvada davolanayotgani aytildi

 

 

Qayd etilishicha, Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olmoqda.

 

«Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg‘or yutuqlarini qo‘llagan holda davom ettirilmoqda», deyiladi maʼlumotda. 

 

Joriy yil iyul oyi oxirlarida muftiy Usmonxon Alimov Moskva shahrida o‘pka-qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tayotgani xabar berilgandi.

O‘zbekiston bosh muftiysi hamon Moskvada davolanayotgani aytildi | Zamon.uz