Jamiyat

Surxondaryoda Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani tasdiqlandi

Surishtiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi maʼlum qilingan.

Surxondaryoda Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani tasdiqlandi

 

15 avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo kuchlariga tegishli samolyotning Surxondaryoda qulab tushganini tasdiqladi.

 

Vazirlik taʼkidlashicha, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishning oldi olingan. Hozirgi paytda vakolatli idoralar tomonidan ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Surishtiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi maʼlum qilingan.

 

«Toshkentdan yetib kelgan 25 nafar ekspert samolyot qulashi bilan bog‘liq hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritadi. Shundan keyin samolyot qanday qulagani bo‘yicha maʼlumot bera olamiz», — dedi Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakili.

Surxondaryoda Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani tasdiqlandi | Zamon.uz