Chinozda “Jihodchilar”ning 10 nafari ushlandi
Тошкент вилоятининг Чиноз туманида «Жиҳодчилар» экстремистик оқими аъзоларининг 10 нафари қўлга олинди, деб хабар бермоқда Тошкент вилояти ИИББ матбуот хизмати.


Maʼlum qilinishicha, hozirda ushbu tadbir IIBB va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyatning barcha shahar, tumanlari kesimida davom ettirilyapti.
Jumladan, DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIBB tomonidan Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan “Jihodchilar” oqimi aʼzolarining 10 nafari qo‘lga olingan.
Surishtiruv davomida ushbu shaxslar “jihod” maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qonda “jihodchilar” oqimi tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yilgani hamda Sirdaryo va Surxondaryoda terrorchilik tashkiloti aʼzolari ushlangani haqida xabar berilgandi







