Sport

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi tafsilotlari ochiqlandi

Kuni kecha Qarshi shahrida sport ustasi E. Rahimov o‘ldirib ketilganligi haqida berilgandi.

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi tafsilotlari ochiqlandi

 

 

 

Qashqadaryo viloyati IIB xabariga ko‘ra, 17 avgust kuni soat 10:00 larda Qarshi shahrida yashovchi E.R.ni ko‘p qavatli uyidan chiqishini kutib turib, u ko‘chaga chiqqanidan keyin yetti nafar sovuq qurollar bilan qurollangan shaxslar uni bosh, yuz, ko‘krak va tanasining boshqa sohalariga urib, og‘ir tan jarohati yetkazib, “Jentra” avtomashinasiga majburan mindirishib, Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga olib borib tashlab ketishgan.

 
Natijada E.R. ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shu kuni shifoxonada vafot etgan. 
Jinoyatni «issiq izlar»da fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida shu kunning o‘zida jinoyatga aloqador Qarshi shahri va Qarshi tumanida yashovchi fuqarolar Sh.T., J.A., O.R., Ya.Ya., Sh.Z. va E.A. ushlangan.  
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"