Jahon

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

Eron AQSh OAVlaridagi xabarlar keyingi tajovuz uchun bahona yaratishga qaratilganini bildirgan.

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

 

Eronning BMTdagi Doimiy vakolatxonasi AQSh ommaviy axborot vositalarida Tehronning Vashingtonda radioaktiv moddalar tarqatuvchi bomba yoki kimyoviy qurol yordamida hujum uyushtirish rejasi borligi haqidagi xabarlarni dezinformatsiya deb atadi.

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotda bu xabarlar keyingi tajovuz va urush jinoyatlari uchun bahona yaratishga qaratilgani bildirilgan. Shuningdek, Eron xalqaro huquqqa muvofiq o‘zini himoya qilish huquqini qat’iy himoya qilishini ta’kidlagan.

 

Bundan bir kun oldin CNN AQSh razvedkasi ma’lumotlariga tanish manbalarga tayanib, Eron Donald Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldorlarini bomba yoki kimyoviy qurol yordamida o‘ldirish bo‘yicha turli rejalarni o‘rganayotganini xabar qilgan edi.

 

Telekanal manbalarining ta’kidlashicha, razvedka ma’lumotlari Tehron tomonidan yaqin vaqt ichida hujum uyushtirilishini anglatmaydi. Biroq ayrim manbalar ko‘rib chiqilayotgan rejalar, jumladan, ehtimoliy hujum joylari va nishonlari aniq ko‘rsatilganini bildirgan.

 

CNN suhbatdoshlaridan biri razvedka ma’lumotlariga tayanib, radioaktiv moddalar tarqatuvchi bomba tayyorlash uchun zarur materiallar AQSh hududiga avvalroq olib kirilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Manbalarga ko‘ra, bu materiallar bir necha yil, hatto o‘nlab yillar oldin joylashtirilgan bo‘lishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Kamishevaxa qishlog'ida 2-noyabr kuni Rossiya hujumidan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Usmon Nurmagomedov BAAda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bog‘liq mushtlashuv ishi bo‘yicha olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.