Jamiyat

Toshkentda haydovchining uxlab qolishi oqibatida 3 ta mashinaga shikast yetkazildi

Bugun Mirobod tumanidagi Amir Temur shoh ko‘chasida 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Toshkentda haydovchining uxlab qolishi oqibatida 3 ta mashinaga shikast yetkazildi

 

Davlat raqami 01 X384 FA bo‘lgan kulrang “Matiz” haydovchisi rulda uxlab qolgani sabab yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchisiz davlat raqami 10 T323 SA bo‘lgan oq “Cobalt”ga borib urilgan. “Matiz” zarbasidan “Cobalt” esa undan oldingi xuddi shu rusumdagi avtomobilning orqa qismiga borib urilgan. “Matiz”dagi yo‘lovchi ayol bosh qismidan ochiq jarohat olgan. U tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib ketildi.

 

Voqea joyiga Yo‘l patrul xizmati xodimlari yetib keldi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida harakatlanib ketayotgan “Lacetti”da yong‘in chiqqani hamda Namanganda “Nexia” haydovchisi yo‘ldan o‘tayotgan 22 yoshli piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Maqsadjon Obidjonov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"