O'zbekiston

«Soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni meni xavotirga solmoqda» – Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta — “so‘m”da va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini maʼlum qildi.

«Soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni meni xavotirga solmoqda» – Shavkat Mirziyoyev

 

 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 5 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha debitor qarzdorligi mavjud. Pandemiya sababli ushbu tadbirkorlarga jarima solish va bugungi kungacha qo‘llanilgan 6 trillion so‘mlik jarimalarni undirish, 2021 yil yakuniga qadar to‘xtatiladi.

 

«Shuningdek, soliq maʼmurchiligini soddalashtirish, soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish yuzasidan, jiddiy choralarni amalga oshirishimiz zarur. Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, soliq idoralari o‘z elektron dasturlari orqali, biznes subyektlariga hisobotlarini shakllantirish xizmatini yo‘lga qo‘yadi.

 

Hozirda 228 mingta kichik tadbirkorlarda buxgalter yo‘q. Oqibatda, soliq hisobotlarini kamchiliklar bilan topshirgan 32 mingga yaqin tadbirkorga moliyaviy jarima solingan. Hisobotlarni kechiktirib topshirish bilan bog‘liq moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibi esa to‘liq bekor qilinadi.

 

Shuningdek, soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani, meni xavotirga solmoqda. O‘tgan yili kameral nazorati natijasida 336 ta korxonaga 51 milliard so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan bo‘lsa, 2021 yilning 6 oyda 3 mingdan ziyod tadbirkorlarga 900 milliard so‘mdan ortiq jarima belgilangan.

 

Shuning uchun, Qo‘chqorov, Ishmetov, Qudbiyev, Davletov, Qosimov bir oy muddatda, soliq idoralarining kameral nazorati natijasiga ko‘ra, moliyaviy jarima qo‘llash amaliyotini bekor qilish bo‘yicha taklif kiritsin», — deydi Mirziyoyev.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

«Soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni meni xavotirga solmoqda» – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz