Xorazmdan yangi mototsikl sotib olgan 29 yoshli haydovchi YTHga uchrab, vafot etdi
Xorazmdan mototsikl sotib olgan qoraqalpog‘istonlik fuqaro yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining «Yangi davr» informatsion dasturida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, amudaryolik 29 yoshli fuqaro yuk tashish uchun mo‘ljallangan mototsikl sotib olish uchun Xorazmga borgan. Fuqaro mototsiklda qaytayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan haydovchi ko‘rsatilgan tez yordamga qaramay, vafot etgan.
Mutaxassislarning fikricha, avariya yo‘llarning notekisligi sabab yuzaga kelgan.
«Mazkur yo‘lda yo‘l chiziqlari o‘chib ketgani, bir qancha notekisliklar borligi va buni ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari yo‘qligi aniqlandi», — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi YHXB inspektori Elbek Rajabov.
Avvalroq, Surxondaryoda “KamAZ” “Lacetti” bilan to‘qnashgani va unda 1 kishi vafot etgani aytilayotganligi haqida xabar bergan edik.







