Chet tillarini o‘qitish bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi
Joriy yil 1 sentyabrdan boshlab xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident sovrini ta’sis etiladi.


Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta’lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:
👉 birinchi bosqich – tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha;
👉 ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha;
👉 uchinchi bosqich – respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi.
Eslatib o‘tamiz avvalroq, joriy yil 1 sentyabrdan pedagoglarning qancha maosh olishi ochiqlangani hamda ayrim sportchi-trenenrlarga 2 million 450 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda har oylik to‘lov joriy etilgani haqida xabar berilgandi.







