O'zbekiston

Shahar va tuman markazlarida kamida 2tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etiladi - prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Shahar va tuman markazlarida kamida 2tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etiladi - prezident

 

 

Davlat rahbari har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ushbu hudud uchun mos bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirishi zarurligini taʼkidladi.

 

Misol uchun, Andijon, Paxtaobod va Marhamat tumanlarida 30dan ziyod pavlovniya yetishtiruvchi xo‘jaliklar tashkil etilgan va hozirda ular 5 million dona ko‘chat ekishga tayyor.

 

Bunday xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun hamda aholini sifatli ko‘chatlar bilan taʼminlash maqsadida har bir hududda «Yashil zamin» jamg‘armalari tashkil etiladi.

 

Viloyat hokimlariga oktyabr-noyabr oylarida «Yashil zamin» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kamida 5 million tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish topshirig‘i berildi.

 

«Respublikadagi 300ga yaqin istirohat bog‘i turli vazirlik va idoralarga qarashli bo‘lib, ularning aksariyati qarovsiz, desak bu ham haqiqat.

Har bir shahar va tuman markazida kamida 2tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etiladi», deya taʼkidladi davlatimiz rahbari.

 

Viloyat hokimlariga yil yakuniga qadar istirohat bog‘larida aholi uchun «sokin hudud»larni tashkil etish topshirildi. Bunda mazkur bog‘larning kamida 60–70 foizi «yashil hudud» bo‘lishi kerak va ushbu hududlarda bino-inshootlar qurilishiga ruxsat berilmaydi.

 

Toshkent shahrining har bir tumanida 1tadan sayilgoh (jami – 12 ta), «yashil maydon» va alleya (jami – 25 kilometr), ko‘p qavatli uylar joylashgan mahallalarning har birida «yashil maydon»lar tashkil etish lozim.

 

Bundan avvalroq, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytirilishi va IIV tizimida Ekologiya politsiyasi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"