O'zbekiston

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida berilgan topshiriqlar ijrosi boshlandi

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida berilgan topshiriqlar ijrosi boshlandi.

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida berilgan topshiriqlar ijrosi boshlandi

 

Shavkat Mirziyoyev qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga doir qarorni imzoladi. Hujjat bilan:

 

➖ joriy yil 1-oktyabrdan boshlab barcha eksportchi korxonalarga QQS summasi valyuta tushumidan qatʼi nazar qaytarib beriladi. Mazkur imkoniyat oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan tadbirkorlarga tatbiq etiladi;

 

➖ 2022 yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga QQS bo‘yicha salbiy farq summasini qaytarish uchun alohida ariza bilan murojaat qilish talabi bekor qilinadi. Endilikda, tadbirkorlar mazkur summani qaytarish istagini soliq hisobotining o‘zidayoq ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi;

 

➖ soliq va bojxona idoralariga to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tajriba tariqasida 2022 yilda amaliyotga joriy qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochib muloqoti davomida soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalardan havotirda ekani https://zamon.uz/uz-to/detail/soliq-idoralari-qollayotgan-ayrim-jarimalar-soni-meni-xavotirga-solmoqda---shavkat-mirziyoyev-ozbekiston hamda 20 avgustni “Tadbirkorlar kuni” deya eʼlon qilgani haqida xabar berilgandi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida berilgan topshiriqlar ijrosi boshlandi | Zamon.uz