Sport

“Roma” Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi

“Roma” jamoasi Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi. O‘zbekistonlik futbolchi jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

“Roma” Eldor Shomurodov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi

 

 

Katta klubga 26 yoshida kelib qo‘shilgani haqida

Avvalo aytishim kerakki, men yildan yilga rivojlanishga, o‘zimning eng yaxshi xislatlarimni namoyon etishga harakat qilyapman. Har doim yuqori darajadagi jamoada o‘ynashni xohlaganman. Ozroq kech bo‘lsa ham o‘z maqsadimga erishdim. Bu yerga yaxshi jihatlarimni namoyish etish uchun keldim. Jamoa bilan qandaydir sovrin qo‘lga kiritmoqchiman.

Abraham bilan birga o‘ynay olishi haqida

Bungacha qanot hujumida va markaziy hujumda o‘ynaganman, shuning uchun ikkala pozitsiyada ham o‘zimni yaxshi his qilaman. Albatta, Abraham bilan birga o‘ynay olamiz. Asosiysi, g‘alaba qozonish va jamoaga yordamimiz tegishi.

Yangi jamoasidagi maqsadlari haqida

Boya aytganimdek, bungacha faqat o‘z maqsadimga erishish haqida o‘ylaganman va top-jamoaga o‘tishni xohlaganman. Bugun men katta jamoadaman. Endi har bir o‘yinda g‘alaba qozonish va sovrin qo‘lga kiritish zarur. Bu yerda ko‘plab muxlislar bor, ularni xursand qilish kerak. Janob (Mourinyo) bilan barchasi o‘xshaydi va biz sovrin yutamiz, deb o‘ylayman.

Joze Mourinyo bilan qanday aloqalari borligi haqida

Ha, biz ikki yil oldin Joze bilan Moskvada uchrashgandik. Joze “Roma” murabbiyiga aylangach, menga qiziqish bo‘layotganini aytishdi. Darhol rozi bo‘ldim. Birinchidan, “Roma” — katta jamoa va doim oldiga ulkan maqsadlar qo‘yadi. Ikkinchidan, janob (Mourinyo) dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Men u kishi bilan ishlashni xohladim. Bu ham Rimga kelishimda katta rol o‘ynadi.

Jamoadagi debyuti muvaffaqiyatli chiqishini kutmagani haqida

O‘zimni yaxshi jihatlarimni namoyish etishni xohlayman. Bu esa o‘ylaganimdan yaxshiroq chiqdi. Shu ruhda davom etish kerak va muxlislarni xursand qilish zarur. Jamoaga g‘alabaga erishish uchun yordam berish kerak.

Eldor Shomurodov, “Roma” futbolchisi

 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Roma” Eldor Shomurodov transferini eʼlon qilgani haqida xabar bergandik.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.