Jamiyat

Toshkentda imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagani uchun qidiruvga berilgan 27 yoshli yigit ushlandi

Qizdagi badan shikastlari og‘irligi darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Toshkentda imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagani uchun qidiruvga berilgan 27 yoshli yigit ushlandi

 

 

Toshkentning Chilonzor tumanida 27 yoshli yigit pul sababli kar-soqov qizni kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati ushbu yigit tergovdan qochib yashiringani uchun 22 avgust kuni qidiruvga bergandi. 25 avgust kuni u qo‘lga olingani maʼlum qilindi.

 

«Maʼlum qilamizki, jinoyat sodir etgani uchun qidiruv eʼlon qilingan O‘tkirjon Xolmatov qo‘lga olindi. Unga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda. Uni aniqlashda ko‘maklashgan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz», — deyiladi poytaxt IIBB xabarda.

 

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qizdagi badan shikastlari og‘irligi darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, 20 avgust kuni soat 08:00 da Chilonzor tumani “Sharq” mahallasi hududida imkoniyati cheklangan 22 yoshli qiz va 27 yoshli yigit o‘rtasida janjal kelib chiqqandi. Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video ham tarqaldi. Unda yigit qizni urayotganini ko‘rish mumkin.

Toshkentda imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagani uchun qidiruvga berilgan 27 yoshli yigit ushlandi | Zamon.uz