Jahon

Kobul aeroportida terakt: kamida 15 kishi halok bo‘lgan

Kobul aeroportida terakt amalga oshirildi. Bu xabarni Pentagon ham tasdiqladi.

Kobul aeroportida terakt: kamida 15 kishi halok bo‘lgan

 

 

Terakt aeroport yaqinida, unga kirish joyida sodir bo‘lgan. Dastlabki tahminlarga ko‘ra, inglizlar yashaydigan “Baron” mehmonxonasi yonida terrorchi-hudkush o‘zini portlatib yuborgan. Hozirda halok bo‘lganlar yoki yaradorlar haqida aniq maʼlumot yo‘q.

 

Baʼzi manbalarda kamida o‘n kishi halok bo‘lib, 15 nafari yaralangani aytilmoqda. Jarohatlarnganlar orasida AQSH harbiylari ham bo‘lishi mumkin. Fransiyaning Afg‘onistondagi elchisi yangi portlash bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aeroportdagi turk harbiylari yana bir portlash bo‘lgani haqida aytmoqda.

 

Teraktdan bir necha soat avval Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi portlash xavfi mavjudligini maʼlum qilgan. Keyinchalik bu Germaniya Mudofaa vazirligi tomonidan ham qo‘llab quvvatlandi.

 

Terakt bo‘yicha javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi. Yuqori darajadagi xavfga qaramay aeroportda evakuatsiya davom etmoqda.

 

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"