Jahon

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

 

Afg‘onistonning aksariyat viloyatlarida erkak shifokorlarga ayollarni erkak vasiy — mahram ishtirokisiz tekshirish va davolash taqiqlanmoqda. Bu cheklovlar hatto bemor shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan holatlarga ham taalluqli.

 

Bu haqda tibbiyot xodimlariga tayanib, The Guardian nashri xabar berdi.

 

Tibbiyot xodimlarining aytishicha, Tolibon vakillari klinikalarda tekshiruvlar o‘tkazib, mahramsiz ayol bemorlarni davolagan shifokorlarni qamoqqa olish bilan qo‘rqitmoqda. Shu sababli ayrim shifokorlar belgilangan tartiblarga rioya qilmasdan ayollarni tekshirish yoki ularga shoshilinch yordam ko‘rsatishdan cho‘chimoqda.

 

Vaziyat ayol tibbiyot xodimlari yetishmasligi sabab yanada murakkablashgan. 2024-yil dekabridan beri afg‘on ayollariga tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish taqiqlangan. Shuningdek, shifokorlar shifoxonalarda ayollarni ishga qabul qilishga ham cheklovlar qo‘yilganini bildirmoqda.

 

Biroq erkak shifokorlarning ayollarni davolashini taqiqlovchi rasmiy qaror butun mamlakat bo‘ylab e’lon qilinmagan. Qayd etilayotgan cheklovlar tibbiyot xodimlari va bemorlar bildirgan amaliy holatlarga asoslangan.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Usmon Nurmagomedov BAAda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bog‘liq mushtlashuv ishi bo‘yicha olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.