Jamiyat

O‘z otasi va uning rafiqasini o‘ldirgan chustlik farzandga sud hukmi o‘qildi

1975 yilda Chust tumani, Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan erkak, o‘ziga yonma yon qo‘shni bo‘lib yashab kelayotgan keksa otasini qattiq mastlik taʼsirida moddiy manfaat sabab, urib o‘ldirdi.

O‘z otasi va uning rafiqasini o‘ldirgan chustlik farzandga sud hukmi o‘qildi

 Shuningdek otasi bilan shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan ayolni ham o‘limiga sababchi bo‘lgan. Farzand spirtli ichimlik taʼsirida hech qanday qattiq jism va sovuq qurollarsiz har ikki marxumni shavqatsizlarcha do‘pposlab o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Muxbirimiz Umida Qo‘shoqovaning xabar qilishicha, olib borilgan tergov va surishtiruv ishlari yakuniga yetkazilib kuni kecha jinoyat ishlari buyicha To‘raqurg‘on sudida sud raisi Otabek Siddiqov raisligida ko‘rib chiqildi.

  Unga ko‘ra jinoyatchiga O‘zbekiston Repsblikasi jinoyat kodeksidaning 97 modasi 2 qismi a,v,j,i bandlarida hamda 164 modda 3 qismi v,g bandlari bilan aybli deb topilib 21 yil ozodlikdan maxrum etish jazosi tayinlandi.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ota o‘z o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"