Sport

Sportchilarimiz virusdan o‘zini qanday himoya qilmoqda?

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining kumush va bronza medallari sohibi, Olimpiyada-2020 sovrindori Davlat Bobonovning so‘zlariga ko‘ra, sport nafaqat koronavirus, balki barcha kasalliklarning oldini olishda muhim o‘rni tutadi.

Sportchilarimiz virusdan o‘zini qanday himoya qilmoqda?

 

 

Avvalroq, Paralimpiyachilarimizda “Narita” aeroportida olingan test natijalariga ko‘ra, ikki kishi — dzyudo bo‘yicha bir nafar sportchi va murabbiyda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar bergandik.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Tokioda COVID-19‘ga chalingan sportchilar karantinga olingan va mashg‘ulotlarni alohida olib bormoqda. Musobaqalarda ishtirok etishga hech qanday to‘sqinlik yo‘q. Kundan-kunga geografiyasi kengayib borayotgan koronavirus manzil va makon, yoshu-qarini tanlamayapti. Barchani birdek o‘z domiga tortmoqda. Faoliyat turiga ko‘ra ko‘plab xorijiy mamlakatlarda bo‘ladigan, bir vaqtning o‘zida begonalar bilan yaqin aloqada bo‘ladigan sportchilarimiz virusdan o‘zlarini qanday himoya qilishmoqda? Haqli savol bilan Olimpiyada ishtirokchilariga yuzlandik.

 

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining kumush va bronza medallari sohibi, Olimpiyada-2020 sovrindori Davlat Bobonovning so‘zlariga ko‘ra, sport nafaqat koronavirus, balki barcha kasalliklarning oldini olishda muhim o‘rni tutadi.

 

— Aslida sport bilan muntazam shug‘ullanadigan har qanday odamning immuniteti yuqori bo‘ladi. Virusni yuqtirgan taqdirda ham yengil o‘tadi. Shunga qaramay, bugungi kunda kishilar gavjum joylarga bormayman. Antiseptik vositalardan muntazam foydalanaman.  Ishonchim komil, shunday qilsak ko‘rinmas yovdan nafaqat o‘zimizni, balki yaqinlarimizni ham asragan bo‘lamiz. Pandemiya tufayli qanchadan-qancha odamlar olamdan o‘tayotganini ko‘ryapmiz. Turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish va salomatligim doimo joyida bo‘lishi uchun yaqinda “Sputnik-V” vaksinasi bilan to‘liq emlandim. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Tanamda hech qanday og‘riq yoki noxush holatni sezmadim. Oldin qanday bo‘lsam, shundayman.

 

Boks bo‘yicha “Rio-2016” Olimpiada o‘yinlari chempioni Shahobiddin Zoirov ham “Sputnik-V” vaksinasi bilan emlangan. U bilan suhbatlashar ekanmiz, “Men koronavirusdan to‘liq himoyalanganman”, — deya taʼkidladi.

 

— Ayni paytda tog‘dagi sport bazamizda navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shunday bo‘lsa-da, bu yerda ham jamoamiz shifokorlari bizni muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tkazib turibdi. Bo‘sh paytimizda ko‘chaga chiqishimizga ham cheklov o‘rnatilgan. Buni to‘g‘ri tushunamiz. Chunki o‘zimizni virusdan qancha himoya qilsak, ehtiyot chorasini ko‘rsak, oldinda turgan musobaqalarda ishtirok etishimizda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Barchani vaksinatsiyadan o‘tishga va salomatliklariga befarq bo‘lmaslikka chaqiraman.

 

Afsuski, virusni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi. “Biologik urush” deya taʼriflanayotgan bu baloga qarshi kurashda hamma “marjon” kabi tizilishi lozim.

 

Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha rekord o‘rnatgan Muattar Nabiyeva “virus kishining jismoniy holatini inobatga olmaydi”, degan fikrda.

 

— Yaponlarda niqob taqib yurish azaldan odatga aylangan ekan. Shunday bo‘lishiga qaramay, Tokioda bo‘lganimizda u yerda ham koronavirus keng tarqalgani, undan himoyalanish uchun keskin chora-tadbirlar, cheklovlar joriy etilganiga guvoh bo‘ldik. Fikrimcha, sport bilan doimiy shug‘ullanish ham bu baloga qarshi kurashishda muhim vosita bo‘lishi mumkin.

 

P.S.: Muattar ham hozirda virusga qarshi “Sputnik-V” vaksinasi bilan emlangan.

 

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"