Jamiyat

Qashqadaryoda xonadonida hujra tashkil etgan ona-bola aniqlandi

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunining yangi tahririga ko‘ra, diniy taʼlim muassasasidan tashqarida, shuningdek, xususiy tartibda diniy taʼlim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilangan. Afsuski, so‘nggi paytlarda hech qanday ruxsatnomasiz diniy taʼlim berish holatlari ko‘p uchramoqda.

Qashqadaryoda xonadonida hujra tashkil etgan ona-bola aniqlandi

 

 

Xususan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida tumanning “Denov” MFY hududida yashovchi ona-bola uyida “hujra” tashkil etgani fosh etildi. Fuqaro F.K. o‘z xonadonida Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi 2 nafar voyaga yetmagan bolalar va uning 2002 yilda tug‘ilgan qizi M.S. maktab yoshida bo‘lgan 11 nafar o‘quvchi qizlarga “hujra” sharoitida diniy taʼlim berib kelayotgani aniqlandi.

 

O‘rganishlar davomida fuqaro F.K va uning qizi M.S. hech qanday rasmiy diniy maʼlumotga ega emasligi maʼlum bo‘lgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zangiotada noqonuniy hujra aniqlangani hamda Toshkent viloyatida 10 nafar jihodchi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Qashqadaryoda xonadonida hujra tashkil etgan ona-bola aniqlandi | Zamon.uz