Siyosat

Shavkat Mirziyoyev taqdirlash marosimida birinchi prezidentni yodga oldi

Ayni paytda poytaxtdagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev taqdirlash marosimida birinchi prezidentni yodga oldi

 

 

Tadbirda so‘zga chiqqan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqini tabrik bilan boshladi:

 

“Avvalambor, sizlarni buyuk bayramimiz – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Sizlarni yaxshi kayfiyatda ko‘rib turganimda xursandman.

Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Mustaqillik onlarida tug‘ilgan farzandlarimiz bugun 30 yoshga kiryapti. Birinchi prezidentimiz tomonidan ulkan ishlar bugun yodimizda turibdi. Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz, kelgusida ham bunday qilmaymiz. 

Sizlarni mukofotlovchi farmonga imzo chekish juda og‘ir masala. Chunki hamma tavsiya qiladi, lekin masʼuliyat bir odamda. Shu odam xalqni rozi qilish uchun imzo chekadi. Xalqimiz mukofotlanganlarni ko‘rib, “Munosib insonlar taqdirlanibdi” deyishlari lozim.

 

2020 yil biz uchun katta-katta sinovlar yili bo‘ldi. Ammo matonatli xalqimiz bilan bu sinovlarni yengib o‘tmoqdamiz. Bu sinovlar bizni ko‘p narsaga o‘rgatyapti, kuchli qilyapti”, dedi prezident o‘z so‘zi boshida.

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi

AQSh Prezidenti Vashingtonda o‘rnatilgan o‘zbek milliy ayvonlarini yaratgan hunarmandlarning mahoratini yuqori baholab, ularni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi.

Iordaniya Podshohi Mirziyoyevga “Al Husayn ibn Ali” ordenini topshirdi

Iordaniya Podshohi Mirziyoyevga “Al Husayn ibn Ali” ordenini topshirdi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Abdulla II ibn al-Husaynni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi: rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi: rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Rasmiy marosimdan so‘ng O‘zbekiston va Iordaniya yetakchilari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi

Unda ikki mamlakat delegatsiyalari va Iordaniya qirollik oilasi a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

Turkiya kompaniyalari misni qayta ishlash, elektronika, transformatorlar va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikka taklif etildi.

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tarixiy merosga ehtiyotkorona yondashadigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga ochiq ekani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkaziladi.