Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sobiq prezidenti Jak Rogge vafot etdi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining sobiq prezidenti Jak Rogge 79 yoshida vafot etdi. O‘lim sababi maʼlum qilinmadi.


Rogge Belgiyada tug‘ilgan va ish faoliyatini mamlakat olimpiya qo‘mitasida (1989-1992) boshlagan. So‘ng 1989 yildan 2001 yilgacha Yevropa olimpiya qo‘mitasi, 2001 yildan 2013 yilgacha Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti bo‘lgan.
Shuningdek, Rogge yoshligida yelkanli sport bilan shug‘ullangan va 3ta Olimpiadada (1968, 1972, 1976) qatnashgan.







