Jahon

Buyuk Britaniya afg‘on qochqinlari uchun 40 million dollardan ortiq yordam ajratdi

Buyuk Britaniya Afg‘oniston bilan chegaradosh respublikalarga 30 million funt-sterling (41.5 million dollar) miqdorda yordam beradi. Bu mablag‘ qochqinlar uchun lager va sanitar-texnik inshootlar qurish maqsadida ishlatiladi.

Buyuk Britaniya afg‘on qochqinlari uchun 40 million dollardan ortiq yordam ajratdi

 

Maʼlum bo‘lishicha, 10 million funt-sterling ($14 mln) darhol gumanitar tashkilotlar, xususan, BMT qochqinlar masalasi bo‘yicha Oliy Komissari boshqarmasiga o‘tkazib beriladi. Qolgan 20 million funt ($28 mln) minglab afg‘on qochqinlarining asosiy oqimini qabul qilayotgan davlatlar — O‘zbekiston, Eron, Turkmaniston, Tojikiston va Pokistonga yordam sifatida taqdim etiladi.

 

“Biz Afg‘onistondan qochganlarga yordam berishimiz muhim. Inqiroz mintaqa barqarorligiga zarar yetkazmasligi kerak. Shu sababli, bu mablag‘larni berish maqsadga muvofiq. Ushbu pullar hamma narsani tashlab chiqqan afg‘onlarni zaruriy vositalar bilan taʼminlashga yordam beradi. Bu ularga boshpana va sanitar inshootlarini taqdim etadi”, degan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

 

So‘nggi vaqtlarda Yevropa davlatlari Afg‘oniston qochqinlariga mablag‘ ajratmoqda. Joriy yilning 3 centyabr kuni  “Financial Times” Markaziy Osiyo davlatlari kochqinlarni qabul qilgan taqdirda mintaqa mamlakatlariga 600 million yevro ajratishini maʼlum qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad –– Yevropada navbatdagi migratsion inqirozning oldini olishdir.

 

Afg‘oniston qo‘shnilari ham  qochqinlarni qabul qilishni istamayapti. Masalan, Pokiston shu yil 2 sentyabrda afg‘on migrantlarini kiritmasligini maʼlum qildi. Hozirda Pokistonda ularning soni 3.5 million kishidan ortiq. Eron va Turkiya ham shu pozitsiyada.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq minglab britaniyaliklar afg‘on qochqinlariga uyidan joy bermoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.