Jamiyat

Quva tumanida xonadondan 31 million so‘m pullarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

“Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqadi”, deb bejiz aytishmaydi. Bugungi shiddatkor zamonda esa uning oshkor etilishiga yillar kerak emas.

Quva tumanida xonadondan 31 million so‘m pullarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

 

 

Quva tumanida 2020-yilning 9-oktyabr kuni K.Sh. IIBga murojaat qilib, 2020-yilning 22-sentyabr kunidan 3-oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs "Go‘zal" MFY, Tinchlik ko‘chasida joylashgan yangi qurilgan ko‘p qavatli uyiga kalit tanlash orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida bo‘lgan 31 million so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.K. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

 

Ma’lumot o‘rnida: Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab o‘quvchisi xonadonga o‘g‘irlikka tushgni haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Quva tumanida xonadondan 31 million so‘m pullarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi | Zamon.uz