“Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumentining ochilishi Janubiy Koreya matbuoti nigohida
O‘zbekiston istiqlolining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumentining tantanali ochilishi haqidagi maqola ingliz tilida chop etiladigan Janubiy Koreyaning «The Korea Post» jurnali sahifalarida chop etildi.


Maqolada Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu muhtasham bog‘ning ochilish marosimida ishtiroki va nutq so‘zlagani, Mustaqillik monumenti ona Vatan, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan buyuk obida sifatida qad rostlagani eʼtirof etilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yodgorlik yurtimizda yangi O‘zbekistonni – uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasi bilan uyg‘un holda barpo qilingani ayniqsa ahamiyatlidir.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston" gazetasiga bergan intervyusi matni «El Mundo Financiero» xalqaro internet-nashrida ispan tilida chop etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







