Jahon

Panjsherda kim g‘olib bo‘ladi?

Hozirda viloyatning Shotol tumani to‘liq “Tolibon” nazoratiga o‘tgan. Shuningdek, Pariyon, Roha va Annaba tumanlarida janglar bo‘lmoqda. Panjsherning yana bir tumani Dara haqida ma’lumotlar yo‘q.

Panjsherda  kim g‘olib bo‘ladi?

 

Toliblar egallagan hududlarda bo‘sh uylarga duch kelishgan. Katta tahmin bilan aholi tog‘larga chiqib ketgan. Annabada turgan “Tolibon” vakillari aholini uylariga qaytishga chaqirgan. Ularning ta’kidlashicha, qurol ko‘targanlarning barchasi taslim bo‘lgandan so‘ng afv etiladi. 

Kunning birinchi yarmida Ahmad Mas’udning Panjsher markazi Bazarak yaqinida paydo bo‘lgan suratlari tarqaldi. Mas’ud Parand aholi punktidagi blokpostlarni ko‘zdan kechirgan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, toliblar viloyat markaziga yaqinlashib qolgan. 

Qandahor viloyati kengashining sobiq raisi Sayid Jon Haqrizvol “Tolibon” bilan birga harakat qilayotgan pushtunlarni qoralab chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra Panjsherdagi urush tarixda pushtunlar nomi qora bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida:  “Tolibon” 15-avgust kuni Kobul shahrini jangsiz egallagandan keyin butun Afg‘onistonda hokimiyati o‘rnatilganini e’lon qildi. Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar tomonidan bo‘ysundirilmagan. Bu yerda Amrulla Solih va Ahmad Mas’ud boshchiligida qarshilik fronti tuzilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 8-sentyabr kuni “katta yettilik”ning Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan uchrashuv o‘tkazishi xabar qilingan edi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"