Jahon

Isroildagi Gilboa qamoqxonasidan yer osti tunneli orqali olti mahbus qochib ketdi

Bugun ertalab terrorchilik faoliyatida ishtirok etgan olti mahbus  Isroil shimolidagi Gilboa qamoqxonasidan qochib ketdi, deb xabar beradi “Newcpy.co.il.”

Isroildagi Gilboa qamoqxonasidan yer osti tunneli orqali olti mahbus qochib ketdi

 

Mamlakat qamoqxona boshqarmasi bu xabarni tasdiqladi.

 

Qayd etilishicha, mahbuslar uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan terrorchilar saqlanayotgan Gilboa qamoqxonasidan tunnel orqali qochib ketgan.

 

Politsiya ularni vertolyot va uchuvchisiz samolyotlar yordamida  qidirmoqda. Qidiruvga maxfiy xizmatlar va harbiylar ham jalb qilingan.

 

Besh mahbus "Islomiy jihod" terrorchilik tashkilotining faollari bo‘lgan. Oltinchisi — “Fath” terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Zaxariya Zubeydiy. Qochishni aynan u tashkil etgani taxmin qilinmoqda.

 

Mahbuslar hojatxona tagidan tunnel qazigan va kanalizatsiya o‘qi orqali qochishga muvaffaq bo‘lgan. Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, qochqinlarni mahalliy dehqonlar payqab qolib politsiyaga xabar bergan.

 

Isroil bosh vaziri Naftali Bennet zudlik bilan ichki xavfsizlik vaziri Omer Bar-Lev bilan voqeani muhokama qilgan va hodisaning o‘ta jiddiyligini qayd etib, xavfsizlik kuchlari tizimli harakat qilishi zarurligini taʼkidlagan.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

BAAda jangni videoga olgan ikki kishi ham olti oyga qamalib, 300 ming dirhamdan jarimaga tortildi.

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Husiylar Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va Sharqiy-G‘arbiy neft quvuridagi nasos stansiyasiga ham hujum qilganini da’vo qilmoqda.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.