Jamiyat

Toshkentda yangi metro poyezdlari ishga tushirildi

Bugun, 6 sentyabr kuni Toshkent metropolitenida o‘tgan haftada keltirilgan va taqdim etilgan yangi metro poyezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi.

Toshkentda yangi metro poyezdlari ishga tushirildi

 

 

Yangi poyezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng ko‘p yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan Chilonzor yo‘nalishiga uchta harakat tarkib o‘z ishini boshladi. Bu haqda  "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda aholi xizmatida harakatlanadi. Maʼlum qilinishicha, Chilonzor yo‘nalishida ertalabki tig‘iz vaqtda soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechqurungi tig‘iz vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etilmoqda.

 

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida, Toshkent metropoliteni uchun Rossiyadan 5 ta metropoyezd olib kelingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Toshkentda yangi metro poyezdlari ishga tushirildi | Zamon.uz