Jahon

Polsha migrantlar soni oshayotganiga Minskni ayblashda davom etmoqda

Polsha chegara xizmati kamida 10 ming kishining Yevropa Ittifoqiga kirmoqchi bo‘layotganini maʼlum qildi. Jumladan, 4 sentyabr kuni  215,  5 sentyabr kuni 152 kishining noqonuniy kirib kelishi oldi olingan.

Polsha migrantlar soni oshayotganiga Minskni ayblashda davom etmoqda

 

 

Polsha chegara xizmati rahbari general Toma Praga fikricha, qochoqlarning mamlakat sarhadlarini noqonuniy kesib o‘tilishida migrantlarni Osiyo va Afrikadan Yevropaga kiritish bilan shug‘ullanadigan xalqaro guruhlar ishtirok etgan. DW nashriga ko‘ra, migrantlarning aksariyati Polshaga kelishini bilmagan.

 

Varshava bu kabi harakatlarda Belarusni ayblamoqda. General Praganing qayd etishicha, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko migrantlarni olib kelgan va qisqa muddatdan so‘ng Litva, Latviya va Polsha chegarasiga chiqarib yuborgan. Hozirda bu uch davlat Belarus bilan tutash hududlarda favqulodda vaziyat joriy etgan.

 

2021 yil may oyida Lukashenkoga qarshi sanksiyalar kuchaytirilgandan so‘ng Belarus rahbari migrantlarning YEIga o‘tib ketishiga to‘sqinlik qilmasligini maʼlum qilgan edi.

 

Bundan avval Minsk Polshani migrantlarni chegaradan siqib chiqarishda ayblagan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

custom img

Maktabdagi otishma: Filippinda 6 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda so‘nggi to‘rt oy ichida maktablarda uchinchi otishma sodir bo‘ldi.

custom img

«Sharq-G‘arb» neft quvuri yopiq: Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatadi

Mazkur holat ayrim mijozlarni muqobil yetkazib berish manbalarini izlashga undagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"