Jahon

Ahmad Masʼudga nisbatan xoinlik qilingan

Panjsherni egallangani to‘g‘risida yangi maʼlumotlar paydo bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, bunga mahalliy  aholi vakillarining xoinligi sabab bo‘lgan.

Ahmad Masʼudga nisbatan xoinlik qilingan

 

 

Xususan, Pariyon tumanida toliblarning badaxshonlik jangarilari bilan mahalliy imom hamda oqsoqollar o‘rtasida kelishuvga erishilgan. Oqibatda tuman osonlik bilan harakat nazoratiga o‘tgan.

 

 Panjsherliklarning Shotol tumanida toliblarni o‘rab olishi va taʼminotdan uzib qo‘yishi natijasida dushman ko‘plab askarlaridan ayrilgan. Ammo shimoldan qilingan hujum Qarshilik kuchlarining bo‘linishiga olib kelgan. Buning oqibatida “Tolibon” bir vaqtning o‘zida ham shimol, ham janubiy yo‘nalishdan zarba berishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Harakat Toxar, Badaxshon, Pariyon, Kapisa va Parvondagi bo‘linmalarining deyarli barchasini Panjsherga qarshi safarbar qilgan.

 

Viloyat ishg‘ol qilinishida Qori Fasihuddinga panjsherlik Abdulhamid Xurosoniy katta yordam bergan. Shu bilan birga aynan Xurosoniy  Pokiston harbiy havo kuchlariga Amrulla Solihning qarorgohi koordinatalarini taqdim etgan. Shundan keyin  Solihning uyiga aviazarba berilgan.

 

Janglarning hal qiluvchi pallasida Islomobodning aralashuvi toliblarga jiddiy  ustunlik berdi. Pokiston maxsus kuchlari Salang hududiga joylashib, dronlar zarba beradigan marralar koordinatasini yuborib turgan.

 

Hozirda Panjsher vodiysi, Shotoldan Pariyan tumanigacha bo‘lgan yo‘l “Tolibon” tomonidan nazorat qilinmoqda. Abshar, Dara tumanlari, shuningdek, Xazora darasi Masʼud kuchlari qo‘lida. Bag‘lon viloyatidagi Andarab vodiysida ham janglar davom etyapti. Afg‘onistonda partizanlik urushi boshlangan.

 

Bundan avval Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maxsus uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Dron Zaporojjya viloyatida 55 kishi halok bo‘lgan aviazarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilarga hujum qildi.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.