Osiyo o‘yinlarida kibersport bo‘yicha medallar o‘ynaladigan yo‘nalishlar tasdiqlandi
Maʼlumki, Osiyo elektron sport federatsiyasi (AESF) tashabbusi hamda Osiyo Olimpiya Kengashi(OCA)ning qo‘llab-quvvatlashi natijasida kibersport o‘yinlari 2022 yilgi Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan edi.

Endi ushbu yangi zamonaviy sport turi bo‘yicha kiberatletlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari-2022ning rasmiy medallari o‘ynaladigan bo‘ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
AESFning mamlakatimiz hududidagi rasmiy “full” aʼzosi hisoblangan Esports O‘zbekistan Federatsiyasi (UESF) ushbu qaror Osiyoda kibersport rivoji yo‘lida tashlangan katta qadam ekani hamda ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Kecha ushbu sport turida medallar o‘ynaladigan yo‘nalishlar maʼlum qilindi. Unga ko‘ra, 2022 yilgi Osiyo o‘yinlari doirasida kibersportchilar quyidagi yo‘nalishlarda medallar uchun kurash olib boradi:
1. Arena of Valor
2. Dota 2
3. Dream Three Kingdoms 2
4. EA SPORTS FIFA
5. HearthStone
6. League of Legends
7. PUBG Mobile Asian Games Version
8. Street Fighter V
Quyidagi 2 yo‘nalishda esa ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
1. AESF Robot Masters-Powered by Migu
2. AESF VR Sports-Powered by Migu.







