O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti XMK delegasiyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentabr kuni Xalqaro moliya korporasiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti XMK delegasiyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari tarkibida XMK ham faoliyat ko‘rsatuvchi Jahon banki guruhi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotgani va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Ochiq va konstruktiv muloqot, hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga o‘zaro intilishi tufayli O‘zbekistonda Jahon banki ishtirokidagi qo‘shma loyihalarning portfeli 5 milliard dollarga yetgan hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha ustuvor sohalari va tarmoqlarini qamrab olgan.

2016-yilda mamlakatimizda XMK faoliyati qayta tiklandi. O‘tgan davrda Korporasiya amaliyotlarining hajmi uch barobar ortib, qariyb 200 million dollarni tashkil etdi.

Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, transport sohasini modernizasiya qilish, bank sektorini transformasiya qilish, mikromoliyalash institutlarini isloh qilish, to‘qimachilik tarmog‘iga xalqaro standartlarni joriy etish va boshqa yo‘nalishlarda muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

Muzokaralar chog‘ida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga doir dastur va loyihalarda XMKning ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sohasida, biznesni moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini, davlat korxonalarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirishdagi ilg‘or tajribani joriy etish borasida hamkorlik qilish, shuningdek, O‘zbekistonda «yashil texnologiyalar»ni tatbiq etish, shu jumladan energetika va qishloq xo‘jaligidagi innovasion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi.

Qo‘shma «yo‘l xarita»sini tayyorlash va muntazam ekspertlik uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.