Sport

Serxi Roberto “Bavariya” bilan o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida yig‘lab yubordi

Kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur o‘yinlariga start berildi. Turning asosiy o‘yini deya eʼtirof etilgan “Bavariya” hamda “Barselona” o‘yinida myunxenliklarning qo‘li baland keldi.

Serxi Roberto “Bavariya” bilan o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida yig‘lab yubordi

 

 

Negelsman shogirdlari Ter Stegen qo‘riqlayotgan darvozaga javobsiz 3 ta gol kiritdi.

 

Katalonlarning tajribali o‘yinchisi Serxi Roberto maydonda negadir to‘pni bir necha bor oldirib qo‘ydi. Bu esa «Camp Nou»ga yig‘ilgan muxlislarga yoqmadi va ular hushtakbozlik bilan o‘z noroziligini namoyish etdi.

 

O‘yin tugaganidan so‘ng Roberto “Barselona”ning kiyinish xonasida yig‘lab yuborgan. U bilan uzoq yillardan buyon birga to‘p surayotgan Serxio Buskets va Jerar Pike futbolchini tinchlantirishga uringan.

 

Ko‘plab manbalarning taʼkidlashicha, o‘yindan so‘ng “Barselona”ning kiyinish xonasida tushkun kayfiyat hukm surgan. Lekin o‘yinchilar aybni aynan bir futbolchiga ag‘darmagan va tortishuvlar bo‘lmagan. Jamoaning tajribali futbolchilari bo‘lgan narsalarni unutib, kelgusi uchrashuv haqida o‘ylash kerakligini tushuntirgan.

 

Maʼlumot uchun: bu ikki jamoa 8 noyabr kuni javob uchrashuvida yana to‘qnash keladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Barselona”ning amalga oshmay qolgan Rodrigo transferi haqida xabar bergan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"