So‘x tumanida xum ichida tilla topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda So‘x tumanidan xum ichida tilla topilgani haqida xabarlar tarqaldi.


Maʼlum bo‘lishicha, So‘x tumaning Sarikanda qishlog‘ida joylashgan “Hazrati Ali” ziyoratgohidagi eski hovuzda hashar ishlari olib borilayotgan paytda ichida oltin tangalari bor xum topilgan. Xumdagi tilla tangalarning umumiy og‘irligi taxminan 1 kilogramm atrofida.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda ham tumandan So‘g‘d davlatiga mansub tangalar topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda noyob ko‘za topilgani hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Amirsoy” dam olish hududidan miloddan oldingi II asr — milodiy VI asrlar)ga oid sopol buyumlar topilgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova







