Eng dolzarb

“Tolibon” rahbarlari o‘rtasida nizo mavjud emas” – Anas Haqqoniy

“Tolibon” rahbarlari o‘rtasida  kelishmovchiliklar chiqqani haqidagi xabar tasdiqlanmadi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

“Tolibon” rahbarlari o‘rtasida nizo mavjud emas” – Anas Haqqoniy

 

 

Toliblar vakili Anas Haqqoniy Afg‘oniston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Mulla Barodar va migratsiya masalalari bo‘yicha vazir Halil Rahmon Haqqoniy o‘rtasida nizo chiqqanini rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ‘Tolibon‘ dushmanlari tarqatayotgan ig‘vodan boshqa narsa emas”.

 

Anas Haqqoniy Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniyning akasi va toliblar siyosiy ofisi aʼzosi hisoblanadi. U harakatning arab dunyosi va musulmon mamlakatlari bilan aloqasi uchun javobgar.  Baʼzi manbalar “Haqqoniy tizimi”ni Pokiston razvedkasi bilan aloqadorlikda ayblab keladi.

 

 

Bundan avval Mulla Barodar va “Haqqoniy tizimi” o‘rtasida nizo chiqqani xabar qilingandi. Bunga Abdulg‘ani Barodarning hukumat tuzilmasidan noroziligi sabab bo‘lgan. Uning Kobulni tark etib, Qandahorga ketgani maʼlum qilingan. 16 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Mulla Barodarning Qandahordagi tasvirlari tarqaldi. Barodar u bilan hammasi joyidaligi, harakat rahbarlari o‘rtasida nizo mavjud emasligini aytgan.

 

Bundan avval Sirojiddin Haqqoniyning BMT vakillari bilan uchrashgani maʼlum qilingan edi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilganini eʼlon qildi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“Tolibon” rahbarlari o‘rtasida nizo mavjud emas” – Anas Haqqoniy | Zamon.uz