Samarqand shahridagi xonadonlarning biri yonib ketdi
Samarqanddagi xonadonlarning birida yong‘in yuz berdi.


Maʼlum qilinishicha, 2021 yilning 17 sentyabr kuni soat 1:59 da Samarqand shahar “Azizon” MFY Chorbog‘ ko‘chasi 1-yo‘lak 3-uyda yashovchi 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro S.T.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tezkor xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga Samarqand shahar FVB YQQlardan 4 ta yong‘in o‘chirish mashinasi va 1 ta “KamAZ” soat 02:11 da yetib borgan. Yong‘in soat 03:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in yon atrofida mavjud qo‘shni xonadonlarga tarqalib ketishining oldi olingan. Yong‘in natijasida yashash uyining 150 metr kvadrat maydondagi uy jihozlari to‘liq yonib zararlangan.

Sodir bo‘lgan hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi hozirda aniqlanmoqda.
Avvalroq, Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi xonadonning og‘ilxonasida yong‘in yuz bergani hamda Toshkent viloyati Angren shahridagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqgani haqida xabar berilgandi.







