O'zbekiston

“UzAuto Motors” ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

So’nggi paytlarda ba'zi OAV vakillari o'z kanallarida 2021 yilning avgust oyida “Chevrolet Spark” avtomobili ishlab chiqarilmagani haqida xabar berishmoqda. Bu ma'lumotlar haqiqatga to’g’ri keladi va Respublika Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tasdiqlangan.

“UzAuto Motors” ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Ushbu ommabop avtomobil modellari ishlab chiqarilishining vaqtincha to'xtab qolishining sababi nimada?

“UzAuto Motors” boshqaruv va ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich transformatsiyasini amalga oshirdi. Uning doirasida yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o'tish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda  “Chevrolet Tracker” va “Chevrolet Onix” avtomobil modellari bo'ladi.

Kelgusida “Tracker” va “Onix” modellarini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga imkon beradigan rejalashtirilgan o'rnatish va ishga tushirish ishlari  joriy yil iyul oyining o'rtalaridan avgust oyining  oxirigacha amalga oshirildi.

Ushbu keng ko'lamli modernizatsiya ishlari avtomobil ishlab chiqarilishi uchun muhim bo’lgan  yarimo'tkazgichlarning global tanqisligi fonida sodir bo'ldi. Yuqoridagi  omillar sabab “Chevrolet Lacetti” va “Chevrolet Spark” modellarini ishlab chiqarish vaqtincha to'xtatilgan edi.

“UzAuto Motors” kompaniyasi tez orada ushbu avtomobil modellarni qayta ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi.
 

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonda ayrim dori yetkazib beruvchilar dorixonalardan buyurtma qilinmagan preparatlarni ham sotib olishni talab qilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetkazdi.

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suv olish limitidan oshish, shartnomasiz yoki ruxsatnomasiz suv olish qoidabuzarlik hisoblanadi.