Afg‘onistonda OAV “ramka”ga solinmoqda
“Tolibon” OAV uchun yangi qo‘llanma ishlab chiqdi. Bu haqda “Fars” agentligi maʼlumotlariga asoslanib, “Sputnik Afganistan” xabar berdi.


Ushbu qo‘llanmani harakat axborot markazi direktori Qori Yusuf Ahmadiy eʼlon qilgan. U quyidagi 11 punktda iborat:
· Islomga qarshi maʼlumotlardan qochish;
· mamlakat arboblarini haqoratlovchi materiallarni o‘rganmaslik;
· shaxs va millat g‘ururini haqorat qilmaslik;
· maʼlumotlar noto‘g‘ri talqinidan qochish;
· jurnalistika tamoyillariga rioya qilish;
· ijobiy va salbiy talqindan qochish; neytrallikni saqlash;
· rasmiy orgnalar tasdiqlamagan maʼlumotlarni nashr qilmaslik;
· jamiyat kayfiyati va aholi maʼnaviy ruhiga salbiy taʼsir o‘tkazadigan materiallarni eʼlon qilishda ehtiyotkor bo‘lish;
· haqiqatga mos keladigan barcha maʼlumotlarni eʼlon qilish;
· “Tolibon” axborot markazi barcha OAV bilan hamkorlikka tayyor. OAV ushbu tashkilot bilan muvofiqlashtirib o‘z hisobotlarini tayyorlaydi.
· qulaylik maqsadida OAV toliblar tayyorlab bergan shaklda axborot berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz avvalroq “Tolibon” hokimiyati o‘rnatilgach, Afg‘onistonda yuzlab OAV yopilgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







