Jahon

Permda otishma sodir etgan sobiq talabaga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin

Rossiyaning Perm davlat universiteti huquqshunoslik fakultetida sud ekspertizasi yo‘nalishida o‘qigan sobiq talaba Temur Bekmansurov qurollangan holatda o‘quv binosi ichiga bostirib kirdi.

Permda otishma sodir etgan sobiq talabaga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin

 

 

Turkiyada ishlab chiqarilgan 12x76 o‘lchamli "Huglu Atrox" miltig‘i bilan saboq olayotgan talabalarga qarata o‘q uzgan. Buning oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi yaralangan.

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, otishmada o‘zbek fuqarolari ham bo‘lganligi turli mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Aslida ro‘y bergan otishmada jarohatlangan yoki halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

 

Voqea paytida maʼruzani davom ettirgan o‘qituvchi o‘z harakatlarini quyidagicha tushuntirdi:

 

"Talabalar sakkizinchi binoda qurollangan odam borligi haqida xabar berishni boshlaganda, ular suhbat xonalarida bu maʼlumotni ko‘rishdi, men darhol dekanga, menejmentga qo‘ng‘iroq qildim. Dekan menga o‘qishni davom ettirishimni aytdi. Bundan tashqari, bu maʼlumot rasmiy bo‘lmagan", — dedi Syoromyatnikov.

 

   Sobiq talaba qaysi va nima maqsadda bostirib kirgani hali maʼlum qilinmagan. Talabalar binodagi ogohlantirish tugmasi ishlamagani oqibatida binoning ikkinchi qavati derazasidan qocha boshlagan.

 

“RT” xabariga ko‘ra, otishma sodir etgan yigitning otasi Marat Bekmansurov (dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, u — harbiy xizmatchi) hozirda boshqa shaharda ekani va aniq hech narsa deya olmasligini, chunki voqea joyida aynan nima bo‘lganini bilmasligini aytgan. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda tergov jarayonida ishtirok etish uchun Permga borishni rejalashtirgan. "Men bo‘lgan ishdan hamon hayratdaman, o‘zimga kelolmayapman", — deya taʼkidlagan erkak voqea haqida rafiqasidan bilganini qo‘shimcha qilgan holda. Taʼkidlanishicha, o‘g‘li kompyuterga qiziqqan va sayr qilishni unchalik yoqtirmagan. Onasining aytishicha, u o‘g‘lini oxirgi marta ishga ketishidan oldin ko‘rgan. O‘g‘li unga xayrli tong tilab, darsga tayyorlana boshlagan. U doim tinch va xotirjam yigit bo‘lgan va vaqtini, asosan, uyda o‘tkazgan.

 

  Qayd etilishicha, Temur Bekmansurovga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining “Qotillik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi olib borilayotgan bo‘lib, unga ko‘ra, minimal jazo 8 yillik, maksimali esa umrbod qamoq jazosi bo‘lishi mumkin.

 

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriya shimoli-g‘arbidagi maktab-internatdan qurollangan nomaʼlum shaxslar 140 nafar o‘g‘irlab ketishgandi. Bundan tashqari, Qarshida ommaviy janjal oqibatida 19 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘q yegani haqida xabar berilgan edi. 

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.