Jahon

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida g‘oyib bo‘lgan samolyot topildi

Hodisa ro‘y bergan joyga borilganda, ekipaj aʼzolarining hammasi halok bo‘lgani aniqlandi.

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida g‘oyib bo‘lgan samolyot topildi

 

 

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida 22-sentyabr kuni g‘oyib bo‘lgan An-26 samolyoti bo‘laklari Korfovskiy qishlog‘i yaqinidagi tog‘ etagida joylashgan Bolshexexsirskiy qo‘riqxonasidan topildi.

 

 Voqeaga Rossiya Tergov qo‘mitasi veb-saytida quyidagicha izoh berildi:

 

“2021-yil 23-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 12:00 da Bolshexexsirskiy davlat qo‘riqxonasi tizmasining tepasida qidiruv ishlari olib borilayotgan vaqtda halokatga uchragani taxmin qilinayotgan An-26 samolyotining bo‘laklari topildi”.

 

Halokat joyi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vertolyoti yordamida aniqlangan. Samolyot noqulay joyga qulab tushgani tufayli qutqaruvchilar u yerga qiyinchilik bilan yetib borgan.

 

Hodisa ro‘y bergan joyga borilganda, ekipaj aʼzolarining hammasi halok bo‘lgani aniqlandi.

 

“Moskva vaqti bilan 10:55 da birinchi qidiruv guruhi An-26 halokatga uchragan joyga yetib bordi. Ekipajning barcha aʼzolari halok bo‘lgan, ularning jasadi topildi”, — deya xabar qildi "RIA Novost".

 

An-26 samolyoti kechqurun radarlardan g‘oyib bo‘ldi va Xabarovskdan 40 kilometr uzoqlikda u bilan aloqa uzildi.  “Parvoz tekshiruvlari va tizimlari”  kompaniyasiga tegishli samolyot Xabarovsk o‘lkasida aloqa vositalari va radiolokatsiya uskunalarini tekshirish bilan shug‘ullanayotgan edi. Samolyot bortida 6 kishi bo‘lgan.

 

Halokatning dastlabki sabablari yomon ob-havo sharoiti yoki uchuvchilarning xatosi deb baholanmoqda. Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Hindiston havo kuchlarining Mig – 21 samolyoti Panjob shtatiga qulab tushgandi.

 

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"