Siyosat

"Biz Samarqandni yana qaytadan Yer yuzining sayqaliga aylantiramiz" - Shavkat Mirziyoyev

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni Samarqand shahrida viloyat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Biz Samarqandni yana qaytadan Yer yuzining sayqaliga aylantiramiz" - Shavkat Mirziyoyev

 

 

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, tadbirni nomzodning Samarqand viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Rustam Xolmurodov ochdi. So‘z Shavkat Mirziyoyevga berildi.

 

 

- Samarqand milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgan, qadimiy poytaxt maqomiga ega bo‘lgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri. Bu ko‘hna va betakror shahar O‘zbekiston tarixida, bugungi ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda alohida o‘rin tutadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Nomzod o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan maʼruza qildi. Bu dastur iqtisodiyot, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, taʼlim, tibbiyot, hududlar rivoji, davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi, tashqi siyosat, madaniyat sohalariga oid o‘nta ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan.

 

 

Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan rejalar maʼlum qilindi. Jumladan, 450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish maqsad qilingan. Kelgusi besh yilda viloyatda 8 milliard dollarlik 5 ming 500 dan ziyod katta-kichik investitsiya loyihalarini amalga oshirish mo‘ljallangan.

 

 

Tashqi savdo hajmini oshirish maqsadida Samarqand aeroporti yonida xalqaro kargo markazi, Jomboy, Paxtachi, Oqdaryo va Samarqand tumanlarida 6 ta agrologistika markazi tashkil qilinadi. 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, jami o‘rinlar soni 22 mingtaga yetkaziladi. Aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytirilib, Samarqand mintaqaning “tibbiyot xabi”ga aylantiriladi.

 

 

- Xalqimizning mana shunday buyuk qudratiga tayanib, yagona va ulug‘ maqsad yo‘lida birlashib, insholloh, biz Samarqandni yana qaytadan Yer yuzining sayqaliga aylantiramiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - O‘zining shonli tarixida buyuk shaharlar, buyuk davlat va sivilizatsiyalar yaratgan xalqimiz bunga har tomonlama qodir, har tomonlama munosib.

 

 

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar dastur yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

 

 

 

 

 

 

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgani, SamDUga Sharof Rashidov nomi berilishi hamda Prezident Samarqanddagi eng og‘riqli muammolarni sanagani haqida xabar bergan edik.

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

Raislik konsepsiyasi doirasida 100 dan ortiq chora-tadbir ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining maslahat uchrashuvi hamda MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.